01 January 2012
03:00 - “Ҳаракат” хатқутисидан: “Ватанга Қасамёд” ҳайкалига нима бўлди?
Аssalomu alaykum Harakat ijodkorlari. Avvalo yangi yil bilan. O'zim ham ko’p yildan beri gazeta va jurnallarda faoliyat olib boraman. Sizlarning faoliyatingizni ham qadrlayman.

Bundan taxminan 1 yil avval "Vatan himoyachisiga" qo'yilgan avtomat ko'targan sovet soldati monumenti olib tashlanib, prezident tomonidan "Vatanga Qasamyod" yodgorlik majmui qurilgandi. Lekin bir necha haftadan beri yangi qo'yilgan haykal o'z o'rnida yo'q.

Xabarlaringizda, shu haqida yoritishingizni so'rayman.

Hurmat bilan …
P.S. Shaxsim sir saqlanishini so'rayman.

“Ҳаракат” таҳририятидан: Ҳозиргина келган бу хабар қанчалик тўғри эканини билмаймиз. Агар ҳайкал ростдан ҳам йўқ бўлган бўлса, охиги 1-2 кунда бўлган. Янги йилга 2 соат қолган бир пайтда уни текшириб ҳам ўтирмадик.