04 October 2017
23:28 -
Юсуф Жума: Эрдам. Ёҳуд Марказий Осиё Президентларига очиқ хат
![](/photo/yusuf-juma.jpg)
Орол қуриди - тиллодан қуримади, урандан қуримади - Сувдан қуриди.
Тўлдира олдинглрми?!
Тилло конлари тиллодан, уран конлари урандан, газ конлари газдан қуримоқда. Сувдан тўлдира олмаганлар - тиллодан тўлдира оладими?!
Ахир бу конлар уч тўрт кўзсиз - онгсиз тўраларнинг ризқи эмас, туғилажак миллиардлаб гўдакларнинг насибаси. Сизлар туғилажак миллиардлар ҳаққига хиёнат этаяпсизлар, улар орасида сизнинг зурёдларингиз ҳам бўладику! ! !
Барча конларни бўшатиб уч тўрт бино қуриб гердайиш шармандалик! ! ! Сотқинлик! ! !
Тағин урандай тенгсиз бойликлар Туркистоннинг азалий душманларига бир қоп қоғозга (пулга) - сув текинга берилаяпди. Турон келажагиинг илдизига ҳам болта ураяпсизлар. Кунлардан бир кун муқаддас Туркистон тупроғидан Амир Темурдек зот чиқади, лаънати Ислом Каримовдай сотқинларнинг ўлигидан ва руҳидан бўлса ҳам ўч олади.
Мустафо Чўқайдай, Боймирза Ҳайитдай улуғлар ҳокини она Туркистонларига олиб келади. Ўтиб кетсангизлар руҳларингизни қарғишлаб чирқиратади.
Ҳаммангдан битта Михаил Саакашвили чиқмайди - бир кун бўлса ҳам эр бўлиб яшамайсизларми?!
Қачонгача Москвага ўхшаган кентларни ялайсиз?!
Ўлмайсизларми?!
Бу хатимга Сотқин, хоин, даюс Ислом Каримов ўлимидан кейин Ўзбекистоннинг бўлажак Президентига ёзилган хатимни ҳам илова қиламан.
Тушунтириш:
Буюк боболаримиз - турк будун тилида тарбия деганини ЭРДАМ дейишган.
Улуғ эр боболардай улуғ сўз.
Эрдам - эрнинг дами!
Афсуски, букун ноэрларга эрдам йетишмайди. Бироқ эрнинг дамини берадиган эрлар чиқади.
28. 9. 2017
ILOVA:
Yusuf Juma: O'zbekistonning bo'lajak Prezidentiga iltimosnoma
1. Tangri har kimga o'z ajali bilan o'lish haqqini bergan. Yovuz Islom Karimov bu haqni eldan olib haq
deganlarni ajallaridan burun o'ldirtirdi. O'zi ham o'z ajali bilan o'lmadi. Elga Tangri bergan o'z ajali
bilan o'lish huquqini bering!
2. Tangri har kimga o'z yurtida yashash haqqini bergan. Yovuz Islom Karimov eldan bu haqni olib
qo'ydi. Hatto o'z yurtida o'lish haqqini olib qo'ydi. Boymirza Hayitday ulug' zotga o'z yurtida o'lishga
ruxsat bermadi. Elga o'z yurtida yashash va o'lish huquqini bering!
3. Ochunning qudratli Prezidentlariga yaltoqlanmang!
Podsho bo'lib o'zga podshoga ehtiyojmand bo'lgan podsho podshoh emas deydilar Mir Alisher hazratlari.
Shoh bo'lib o'zga shohga yaltoqlangan noerdir. Boshidagi toji emas, ishtonidir!
Islom Karimov 27 yil yaltoqlandi. Kimlarga yaltoqlangan bo'lsa o'shalar boshini yedi.
Nega Moskvaga so'nggi karra borganida dovdirab qoldi?!
Nega Toshkentda Stalin portreti ko'tarildi?!
Nega miyasiga qon quyildi?! Buni ko'rmaslik uchun ko'r va ongsiz bo'lish kerak!
4. Uran va oltinday yurt boyliklarini sotish -- jinoyat. Agar bu xazinalar azaliy dushman davlatlarga
sotilsa -- ham jinoyat, ham sotqinlik! Uran, oltin -- yurt, el qudrati -- avlodlarning yashash imkoni! Yovuz
Karimov sotqin edi, vaqti kelib go'ridan olib chiqarilib sudga keltiriladi. Amir Temurday dohiy yotgan
muqaddas tuproqda yotishga haqqi yo'q! Yovga sotqinlik etib, bir umr davron suraman demang, Sizdan
ham ko'proq sotadiganni topganda Sizni ham o'ldiradi.
5. Eng qudratli texnalogiya, eng qudratli textikani, eng qudratli qurolni yaratgan elgina mustaqildir.
Qamchiq davonidagi tunelga (20 km ham emas) 2 milyard sarflagan -- Xitoy sherik. Shu pul mardikor
elga berilsa, tog'ni ko'chirardi. Ahli ilmga -- o'zbekka berilsa yangi texnalogiyani ham, texnikani ham
yaratardi. Qamchiqda emas, butun dunyoda tunel qazadigan kuchli texnalogiya yaratilardi, yurtga pul
ham oqib kelardi.
Bizda barcha imkoniyatlar bor, oqil sulton yo'q! Yurtning qazilma boyliklarini sotib yurtni boy etaman
degan hukmdor nodon hukmdordir. Elni, davlatni -- elning ongi bilan boy etaman degan hukmdor -- oqil
hukmdordir!
6. Elga ishchi o'rinlari ochib bering demayman, elga yo'l ochib bering! Ish o'rinlarini o'zi yaratadi. Nodon
podshoh el yo'liga to'siq, dono podsho el yo'lini to'siqlardan tozalaydi.
7. Uylaymanki, bilganimdan qolmayman deganlardan emassiz...
Bilganimdan qolmayman deydigan taxtga kelsa -- yurtga, elga fojea.
Idroki ummonday kengligi va ummonday teranligi hatto dushmanlari tomonidan ham tan olingan Amir
Temurday dohiy har bir ishni kengash bilan qilganlar. Muborak ruhlariga Tangrining cheksiz ezguliklari
yog'ilsin!
8. Maddohlarni o'zinggizga yaqinlashtirmang -- adashtiradilar. Haqgo'ylardan uzoqlashmang -- adashasiz.
9. Haddingizni biling!
Hato qudrati cheksiz Tangrining ham o'z haddi bor -- cheksiz hikmat, cheksiz haqiqat, cheksiz ezgulik....
Hukmdorning haddi -- qonun!
Qonunning haddi -- haqiqat!
Haqiqatning haddi Tangri!
Shu so'zimni uqsangiz adashmaysiz. So'z hikmatdir. So'z uqmaslar -- so'qirlar!
Ko'hna Turon taxtiga so'z uqarlar kelsin, Tangrim!!!
10.11. 2016