31 January 2015
21:23 -
“Ҳаракат” хатқутисидан: Haqiqat uchun bittamiz!

Qara, odamlar o'lyapti desam, menga nima deysan. Ertaga o'zing ham adolatsizlikni deb o'lib ketasan, shunda bir haqiqatga iqror bo'lasan, inson inson uchun har doim jonini fido qilishi kerak, haqiqat o'rnatilmagunicha bema'ni narsalarga va maqolalarimga ham tupuraman!
1 aytadi: Chiroq o'chdi!
2 aytadi: Battar bo'l!
3 aytadi: Hozir senda ham chiroq o'chadi, menda ham, ketma ket chiroqni o'chirishyapti, shuniyam bilmayapsanmi ahmoq!
Nahotki shu haqiqatni unutib qo'ydik?! Nahotki hayvonlar uyimizgacha kelib, ota-onamizni, bolalarimizga o'ldirganidagina haqiqatni tushunib yetamiz?!
To'rtta adolatsizlik ovozga qo'yildi, siz kimga ovoz berasiz?! Iye, qani bu yerda adolat?!
Endi sen ovoz berasanmi yo'qmi, baribir, barchasi bitta, adolat yo'q bu yerda, o'zing uni yaratib, o'zing uni ovozga qo'yib, o'zing ovoz bermasang, adolat hech qachon g'alaba qozonolmaydi!
Unutmang, biz bema'ni ishlarga chalg'ib yurgan paytimizda, ularga muammo kelsa, biz chalg'imasdan ularga yordam berishimiz kerak, sababi o'sha muammo bizga ham keladi! O'sha paytda, qaytar dunyo, ular bizga yordam bermay qo'yishadi! Sababi ular o'lib bo'lgan bo'ladi, o'lish navbati bizga keladi!
2 aytadi: iye, 1ni o'ldirib ketishdi!
3 aytadi: o'zingni asra, hozir yordamga boraman!
4 aytadi: men ham yordamga ketyapman, 1siz 10 soni yaralmay qoladiku, 10 uchun ham kettik hamma sonlar, 1 uchun kurashamiz!
5 aytadi: meni ham yordamim tegib qolar, mana pichoq, tahta!
6 aytadi: anavini ur, anavini deyapman senga ahmoq!
7 aytadi: men zo'r raqammanda, menga urushni nima keragi bor?!
8 aytadi: o'chir ovozingni la'nati, bor sen ham urush, haqiqat uchun bittamiz! Hammamiz kurashamiz!
9 aytadi: qoyil, haqiqat qaror topdi! Yutdik, yutdik! G'alaba! Haqiqat bizniki!
10 aytadi: (yig'laganicha) rahmat hammaga!..
Balki, o'sha 1 mendurman, ertaga haqiqat uchun o'lib ketarman, lekin baribir, hech kimni ishi bo'lmaydi!
Dilmurod Issiq