Yusuf Juma — O’zbekning shoiri

YUSUF JUMA — O’zbekning shoiri

Koronavirus vahimasi
(hazil)

Olamda hamma qirilgan —
Vahimaga qaraganda.
Odamsiz dunyo qurilgan —
Vahimaga qaraganda.

Nopokka to’laku dunyo,
Nahot ko’rayapman xato?
Ko’ziga ishonmas Xudo —
Vahimaga qaraganda.

Farishtalarga buyurdi,
Aniqlang deb kutib turdi.
Ko’kliklar yerga ot surdi —
Vahimaga qaraganda.

Qirilmaganlarmi, evoh,
Olloh, — dedi — Olloh, Olloh.
Bitdi devdim Ahli Gunoh —
Vahimaga qaraganda.

17.4.2020

* * * * *

Bir erning ayoliga degani
(hazil)

Aytsam ko’nmasding oldin,
Yo’limga o’tdi ochun.
Yuqar Koronavirus,
Masofa saqla xotin.

17.4.2020

* * * * *

Jahon hukumatlariga erkaklardan iltimosnoma
(hazil)

Virusdan battarku tun kun bermas tin,
Erning o’limidir shubhasiz xotin.
Karantin ko’chada to’xtatilsa ham,
Mangu davom etsin uyda karantin.

17.04.2020