Журнал Ҳаракат
№1 (34) 2002. Мактублар
Эркчининг аразига Бирликчининг газаби
(yoki Internet orali yozishma: bir XAT va bir JAVOB)
bir XAT:
Тема: Re: Soobshenie OPChU
Дата: Sat, 19 Jan 2002 08:34:12 +0100
Автор: "Halidjan"
Кому: "Tolib Yakubov"
Assalomu alaykum,
yaxshimisiz, oila, bola chaqa sog salomatmi? Avvalo, mazlumlarning ahvolini dunyaga anglatishda qilayotgan ishlaringiz uchun tashakkur aytmoqchiman.
Meli Kabulov haqida chaqirigingiz yaxshi, ammo nega faqat Kabulov haqqida ? Nega Murod Jotraaev, va uning grupppasi yoki Samandar Qoqonov, yoki mening ukalrim haqqida "chaqiriq" qilmaysiz?
Bular ERKka yaqin bolgani uchunmi? Yoki menga yaqin bolgani uchunmi? Sizning bu xususiyatingizni avval ham aytishgandi, men ishonmagandim, Tolib aka bilan bizning olib-bermagan joyimiz yoq, nega menga tish qayrasin, deb etibor bermadim, endi internet paydo bolib, raportlaringizdan koryapmanki, juda tendehtsioz va biryoqlama yozayapsiz ularni, "pravozashitnik"ka yarashmaydigan darajada. Buni o'zingizga yozayapman, ki szini musulmon odam deb eshitaman, balki insof chegaerasidan chiqqaningizni sezarsiz degan umidda.
Ammo bu osha mazlumlarning yoki mening sizning raportlaringizga muhtoj ekanligimizni bildirmaydi, biz hammamiz Ollohning yardamidan boshqa kimsaga muhtoj emasmiz, faqat sizning xolislikka iddao qilgan, ammo aslida unday bolmagan faoliyatingiz haqida odamlar biladi, deb qoyish maqsadida yozdim buni. Balki, hidoyat berib, insofga kelarsiz.Olloh yarlaqasin sizni.
Muhammad Solih
bir JAVOB:
Assalomualaykum muhtaram Muhammad Solih!
Avvalo, maktubingiz boshida bildirgan tashakkurlar uchun ulkan minnatdorchiligimni qabul qiling.
Biroq maktubingizning qolgan qismi ehtiros va g’azab bilan yozilibdi. Bilmadim, bu siyosiy liderlarning xususiyatimi, yoki ularning biz oddiy odamlar tushunmaydigan boshqa jihatlarimi…
O’zbek muxolifatining chet eldagi bir vakili (ismi ahamiyatsiz) men bilan oxirgi marta 1992 yilda ko’rishgan bo’lib, undan so’ng na xat orqali, na telefon orqali va na biror boshqa vosita yordamida biror marta aloqa qilmagan holda 1999 yili avgust oyida E-mail orqali menga haqorat to’la bir xat yozgan edi. Garchi Sizning xatingizda haqorat bo’lmasada, bu ikkita xatning ruhi bir-biridan qolishmaydi.
Men Siz, Sizning ukalaringiz va “Erk” partiyasi uchun juda ozgina bo’lsada bir ishlar qilganman, biroq Siz va Sizning safdoshlaringiz men uchun nima qilgansizlar? Mening qilgan ishimni ushbu maktubga qilinayotgan ilovadan ko’rib olishingiz mumkin. Bulardan tashqari, o’zimning chet ellarda qilgan o’nlab chiqishlarimda Siz, Sizning ukalaringiz va “Erk” partiyasi haqida gapirganman. Agar Siz ularni o’qimagan bo’lsangiz yoki ular bilan tanish bo’lmasangiz menda qanday ayb bor? Siz Pragada ushlanganingizda men birinchilar qatorida Chexiya elchisi nomiga xat yozganman. Uni “Erk” Website’siga yuborganman, biroq Sizning safdoshlaringiz uni “Erk” Website’siga qo’yishni lozim topmadilar.
Men haqimda Sizning gazetangiz bo’hton va iflos gaplarni yozganda Siz qaerda edingiz, muhtaram Solih? Sizning eng yaqin odamingiz M.Ardzinov men haqimda ig’vo to’la butun-butun broshyuralar yozib dunyoga tarqatayotganidan bexabarmisiz? Bexabar bo’lsangiz Bosh kotibingiz Otanazar Oripovdan so’rab ko’rishni maslahat beraman.
Siz maktubingizda “…mening sizning raportlaringizga muhtoj ekanligimizni bildirmaydi…” deb yozibsiz. Ushbu xatga qilingan ilovalarni o’qigach, balki “Tolib bu narsalarni menga muhtojlikdan yozgan” deb o’ylarsiz? Shunday o’ylasangiz xato qilasiz. Men va menga o’xshaganlar Siz va Sizga o’xshaganlarga muhtojligimizdan O’zbekistonda qolib kurash olib borayotganimiz yo’q.
O’zbekiston va o’zbek xalqiga foydasi tegadi deb o’ylasalaringiz Siz Abdurahim Po’latovga qarshi, u esa Sizga qarshi kurashni davom ettiraveringiz. Har ikkalangizga ham kelajak avlodlar haykal qo’yadi. “Tohir bilan Zuhra shoh bog’ida maishat qilib yurganda, Qorabotir esa sandiqchilar mahallasiga o’t qo’yib yuribdi” deganlaridek Siz ikkalangiz O’zbekiston va o’zbek xalqi uchun “o’ta zarur” bolgan masalalarni tortishib yurganlaringizda, bu erda esa Karimov konkret ish, ya’ni referendum uyushtirib o’zining vakolatini cho’zdirish bilan shug’ullanayapti.
Kattaroq g’alabalarga erishish uchun Abdurahim Po’latov Vasila Inoyatovaga, Siz esa Mixail Ardzinovga ko’proq va qattiqroq suyanishlaringizni maslahat beraman. Bizlar sizlar uchun hech qanday qiymatga ega emasmiz. Mening musulmon ekanligimni Siz tasodifan kimdandir eshitibsiz. Aslida, Ardzinov: “Tolib - kofir “ desa Siz ishonib yuraveradigan odam ko’rinasiz. Mening ko’zimga ham Abdurahim ikkalangizning tuprog’ingizni bitta joydan olinganga o’xshab ko’rinadi. Menga kimlar tosh otmadi O’zbekistonda? Endi bu ishga ikkalangiz ham bel bog’ladinglar, shekilli.
Muhtaram Solih, bu mening Sizga bitgan birinchi va oxirgi xatim. Men jiddiy, mulohazali va bag’ri keng insonlarni hurmat qilaman. Ardzinovga ham men faqat bitta bir betlik xat yozganman. Uni ham Sizga ilova qilayapman. Mening pozitsiyamni yaxshi bilib olishingiz uchun.
Sizni ham Olloh yorlaqasin.
Tolib Yoqubov